«Xalqaro turizm kuni»

4-oktabr kunida «Xalqaro turizm kuni» munosabati bilan 13-DIMI 8″E»-Sinf o’quvchilari Chust tumani Rezaksoy suv omboriga sayohatga borishdi. U yerda o‘quvchilar qiziqarli taassurotlar bilan kelishdi.

IJODIY UCHRASHUV

Mingbuloq tumanidagi 13-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 8-Oktabr kuni ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda sobiq bitiruvchilar “GOOGLE” dasturchisi Obidov Sherali hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Giyosov Sardorlar hamda bir guruh pedagoglar ishtirok etdilar. Suhbat davomida ular o’quvchilarga o’zlarining bosib o’tgan yo’llari va bu yo’ldagi qiyinchiliklar hamda e’tibor qaratishi lozim bo’lgan tomonlari haqida gapirib o’tdilar.  Hozirgi kunda olib borayotgan faoliyatlari ular  uchun bir paytlar orzu ekanligi va qilgan orzulari yo`lida tinmay harakat qilganliklari va buning natijasida yuksak marralarni qo`lga kiritganliklarini aytib o`tib, har bir inson o`z orzusi yo`lida to`xtovsiz mehnat qilishi lozimligini uqtirdilar. Ayniqsa bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan e’tibor yurtimizda yuritilayotgan oqilona siyosat natijasi ekanligi bundan yoshlar oqilona foydalanishlari kerakligini qo’shimcha qilib ketishdi.Uchrashuv davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv  ko’tarinki  ruhda bo’ldi. 

Ustoz va murabbiylar kuni

Mingbuloq tumanidagi 13-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 30-sentabr kuni 1-oktabr “O’qituvchi va murabbiylar kuni”munosabati bilan “Mehnati elda aziz uztozim”nomli bayram tadbiri o’tkazildi.Tadbirda maktab-internat direktori  Feruza Karimova so’zga chiqib ta’lim muassasasining  fidoiy va jonkuyar uztozlarini bayram bilan tabriklab ,mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblarida omad va muvaffaqiyatlar tiladi. Bayram munosabati bilan maktab-internati Informatika fani o’qituvchisi Meliyeva Iroda Xalq ta’limi vazirligining  “Xalq ta’limi a’lochisi”ko’krak nishoni bilan taqdirlandi .Maktab-internat direktori nishonni tantanali  tadbirda  topshirar  ekan  ustozni kelgusi ishlarida omadlarlar va zafarlar tiladi.Tadbir davomida o’quvchilar ijrosida ustozlarni madh etuvchi sherlar ,kuy  va qo’shiqlar,sahna ko’rinishlari  ijro etilib yig’ilganlarni xushnud etdi.Tadbir ko’tarinki  kayfiyatda yakunlandi. 

#bilimlar kuni

Мингбулоқ туманидаги 13-сонли ДИМИда Мустақилигимизнинг 30 йиллиги ҳамда янги ўқув йилининг бошланишига бағишланган “Янги Ўзбекистонда Эркин ва фаровон яшайлик” шиори остида “Биринчи қўнғироқ” тадбири тантанали ташкил этилди. Ушбу ўқув йили таълим муассасаси жамоаси ва ўқувчилари учун ҳар йилгидан ҳам кўтаринки кайфиятда ташкил этилди.  Боиси Мактаб-интернатни 2020-2021 ўқув йилида тамомлаган 65 нафар ўқувчиларнинг барчаси  ДТМ тест синовларидан муваффақиятли ўтиб, 22 нафари давлат гранти ва 43 нафари шартнома асосида республикамизнинг нуфузли олийгоҳларига қабул қилиниб, 100% битирувчилар талаба бўлиш бахтига мушарраф бўлдилар. 11-Б синф ўқувчиси Абдуллажонов Умиджон “Эл-юрт умиди” жамғармасининг номзоди сифатида саралаб олиниб, АҚШнинг Аризона шататидаги нуфузли иқтисодиёт университетига 100% ли грант асосида ўқишга қабул қилинди. Валижонов Зуфарбек КИУФ олимпиадасида информатика фанидан ғолибликни қўлга киритибКориея ва Ўзбекистон ҳамкорлигида Университетда таҳсил олиш учун 12500$ лик грантга эга бўлди.

Юқоридаги эришган ютуқлар қаторида Озод ва обод юртимизнинг 30 йиллиги муносабати билан фидоий устозларимиз мактаб-интернат директори Ф.Каримова, ўқув ва тарбиявий ишлар бўйича директор ўринбосари М.Иброхимова, Она тили ва адабиёти фани ўқитувчиси Ш.Ошиқова ҳамда  инглиз тили фани ўқитувчиси Ф.Жўраевалар “Ўзбекистон Республикаси Мустақиллиги 30 йиллиги” кўкрак нишони билан тақдирландилар. Шунингдек тадбирда нуфузли олийгоҳларнинг талабаси бўлган битирувчиларнинг ота-оналари, битирувчилар ҳамда янги қабул қилинган 7-синф ўқувчиларининг ота-оналари иштирок этиб, мактаб педагогик жамоаси ва ўқувчиларга омад ва муваффақиятлар тиладилар. Тадбирда  ўқувчилар ўзларининг жозибали рақслари билан барчани кўнглини ҳушнуд этдилар.  

Sodda gaplar va gap bo’laklari yuzasidan tahlil

Dars maqsadi: a) ta’limiy maqsad: Sodda gaplar va gap bo’laklari yuzasidan tahlil haqida ma’lumot berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish (FK1) , (FK2);

b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni ona tilini sevishga  o’rgatish, insoniy fazilatlarni qaror toptirish, mehnatsevarlik va rostgo’ylikka o’rgatish, kommunikativ, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik tayanch kompetensiyalarni shakllantirish ( TK1, TK4, TK5, TK6 );

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini shakllantirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini o’stirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatish, axborotlar bilan ishlash va o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish (TK2, TK3).

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi.

Dars usullari:  savol-javob, ““Iste’dod- jamiyatning intelektual mulki ”,Shukronalik hissi ”, ” Mahorat daqiqasi ”,   “Idrok xaritasi” , “Savodxonlik daqiqasi” kabi interfaol usullar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar:  8-sinf ona tili darsligi, ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar, videoproyektor, ekran, videolavha, slaydlar, yopishqoq belgilar(stiker).

Fanlararo bog`lanish: adabiyot, tarix, matematika, texnologiya, ingliz tili , rus tili, milliy istiqlol g`oyasi, geografiya.

Darsning shiori:  Gapirmasdan avval o`yla ,

                              Adabiy tilda so`yla .

                              Sen zehningni ishga sol,

                              Bilimlarni esga ol.

                              O`rganmoqni burching bil,

                              Yangiliklarga intil.    

                          Darsning taqsimlanishi:

T/r Dars bosqichlari Vaqti
1. Tashkiliy qism : “Iste’dod- jamiyatning intelektual mulki” usuli 5 daqiqa
2.       O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Shukronalik hissi “ usuli 10 daqiqa
3. Yangi mavzuni tushuntirish: “Mahorat daqiqasi “  usuli 15 daqiqa          
4. Yangi mavzuni  mustahkamlash: “Idrok xaritasi” usuli 10   daqiqa
5.  Baholash va rag`batlantirish 3   daqiqa
6.  Uyga vazifa berish 2   daqiqa

1.Tashkiliy qism:

    –  salomlashish;

    – davomatni aniqlash;

    – xonani va o`quvchilarni darsga tayyorlash.

Dars avvalida darsning oltin qoidalari o`qituvchi tomonidan eslatiladi va slaydda namoyish ettiriladi.

Shuningdek, o`qituvchi tomonidan dars shartlari, baholash tizimi e’lon qilinadi. O`quvchilar bir-birini baholash usulidan foydalanamiz. Buning uchun har bir o`quvchi uchun bittadan oq qog`oz va yopishqoq belgilar(stiker) tarqatilib chiqiladi. O`quvchilar ishtirokiga qarab, yonidagi do`sti oq  qog`ozga stiker yopishtirib boradi.Bu usul orqali do`stlik tuyg`usi, bir-biriga to`g`ri baho bera olish xususiyati shakllanadi.

Dars yakunida eng faol ishtirok etgan o`quvchilar aniqlanadi.

I.Tashkiliy qism “Iste’dod – jamiyatning intelektual mulki” usuli bilan davom ettiriladi.

     Aziz o`quvchilar! Bugungi darsni 2021-yil – Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb nomlanganligi munosabati bilan kichik bir sahna ko’rinishini siz azizlarga taqdim etishdan boshlamoqchimiz!

  Assalomu alaykum aziz o`quvchilar, jonkuyar ustozlar!

Biz sizlarga 2021- yilning nomlanishi bilan bog’liq kichik bir sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.

                   1-SAHNA

Bola: Assalomu alaykum, onajon. Men keldim.      

Ona: Va alaykum assalom, og’lim. Yaxshi keldingmi?

Bola: Ha, oyijon, yaxshi keldim. Sizdan bir narsa so’ramoqchi edim?

Ona: Ha, so’rayqol, bolam.

Bola: Shu desangiz, oyijon, mahallamizda sport to’garaklari ochilar ekan. Shunga menga sport kiyimi olib bering?!

Ona: Og’lim, meni qiynamagin, bilasan, kasal bo’lib, bir haftadan beri ishga  chiqolganim yo’q,  uyda esa  oziq-ovqatdan boshqa narsaga pul yo’q.

Bola: Hm… Oberasiz dedimmi, oberasiz.

Ona: Ho’p o’g’lim, ho’p. 

                                 2-SAHNA

(Tuman hokimi mahalla raisini o’z oldiga chaqirtiradi.)

Rais: Assalomu alaykum, hokim buva. Chaqirtiribsiz?

Hokim: Va alaykum assalom. Shu desang yangi 2021-yil “Yoshlarni qo’llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlandi. Shunga boquvchisi kasal bo’lgan oilalarga yordam berishimiz kerak. Sening raislik qilayotgan mahallangda ham shunday oilalar bormi?

Rais: Ha, bir oila bor. Ona-bola yashashadi. Ona bir haftadan beri kasal bo’lib, ishga chiqolmayapti. Shu oilaga moddiy tomondan yordam kerak.

Hokim: Yaxshi, ertaga ularni ko’rgani boramiz.

                     3-SAHNA

               (Hokim oilani ko’rgani boradi)

Hokim: Assalomu alaykum, xola.

Ona: Va alaykum assalom, keling, xizmat?!

Hokim: Biz sizni ko’rgani keldik, bu pul sizga. Davolaning, o’g’lingizga kerak bo’lgan narsalarni olib bering.

Ona: Rahmat, o’g’lim.

II. O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun esa “Shukronalik hissi” usulidan foydalanamiz.

          Bu usulda o’quvchilar hozir “Shukonalik hissi” mavzusiga yozib kelgan matnlarini o’qib berishadi va bundan tashqari chizib kelgan rasmlarini bizga ko’rsatib tahlil qilib berishadi.

                                    Shukronalik hissi

Ushbu his o’zbek xalqiga juda tanish. Tongni ham u bilan boshlab, kunni ham u bilan yakunlashadi. Negaki, jannat timsoli O’zbekistonda yashayotganidan, o’zbek fuqarosi ekanligidan kim ham noshukur bo’lishi mumkin. Shukronalik deganda, o’zgalar va o’zining imkoniyatlari, huquq va erkinliklarini solishtirgan holda o’z omadi, baxti uchun xursandligi va shukur aytishi tushunilsa, ajabmas. Biz ham mana shunday hur yurtda nafas olayotganimiz, musaffo osmon ostida yashayotganimiz uchun shukronalar, hamd-u sanolar aytamiz.

III. Yangimavzuni tushuntirish “Mahorat daqiqasi “  usulidan foydalaniladi.

  Darslikdagi 119-mashq audioda eshittiriladi.

                                          Oqilona javob

    Alisher Navoiy Husayn Bayqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho doim uning so’zlariga quloq solib , shoir bilan maslahatda ish tutar ekan. Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Bayqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga qarabdi-yu, ko’rsatkich barmog’i bilan boshini ko’rsatibdi. Ayni shu choqda Navoiy barmog’i bilan tilini ko’rsatibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay, qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoralarining sababini so’rashibdi. Shunda Navoiy:

    – Qani, o’zlaring o’ylab topinglar,- debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi.  Shogirdlar o’ylab-o’ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni so’zlatish maqsadida siyohdonni ag’darib yuboribdi. Shunda Navoiy:

    – Abdullatif, bunchlar parishonxotir bo’lmasangiz, axir siyohdonni ag’darib yubordingiz-ku! – debdi.

    – Kechirasiz, ustoz,-unga yuzlanibdi shogirdi,-haligi muammoning sababini o’ylab xayolim qochibdi. Shunda Navoiy shogirdlariga bo’lgan voqeaning sir-asrorini aytib berishiga majbur bo’libdi

   – Husayn Bayqaro mendan:”Boshga baloni nima keltiradi?” – deb so’radilar. Men esa:”Til”, – deb javob berdim.

   Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi.

                                                          M.Murodov,”Allomalar ibrati”

O`quvchilar matndan o’zlariga xulosa chiqaradilar.

So’ngra darslikdagi 101- topshiriq shartiga ko’ra bajariladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Idrok xaritasi” usulidan foydalanamiz.

Mashqlar bajarish bo`lganligi uchun turli topshiriqlarni bajarishga harakat qilinadi.

Slaydda “Siz qay birini tanlaysiz?” nomi ostida topshiriq beriladi. Sharti esa quyidagicha.

Ega va kesimga misollar keltirish, ularning qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanishini izohlab o’tish. Biroq keltirilgan misollar qanchalik to`g`ri bo`lishi va ifoda chiroyli tuzilishi talab etiladi. Masalan:

 Inson hayoti davomida hamma narsaga qodir. (ega ot bilan ifodalangan)

Qanchalik ahil yashash – hammaning o’z qo’lida. (ega harakat nomi bilan ifodalangan)

Men hamisha yaxshi o’qishga intilaman. ( kesim fe’l bilan ifodalangan)

Besh karra besh – yigirma besh  ( kesim son bilan ifodalangan)

 Bu usul slaydda aniqlanadi.

Har doimgi darsimiz an’anasiga ko`ra savodxonlik daqiqasini o`tkazamiz.

O`nta so`z o`qituvchi tomonidan aytib turiladi. O`quvchilar yozib boradilar. So`zlar yozilishining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi slaydda tekshiriladi. Bunda ham do`stlar bir- birlariga xolis baho beradilar.

V. Baholash va rag`batlantirish. O`quvchilar qo`lga kiritgan yopishqoq belgilar

(stiker) soniga qarab darsda ishtirok etgan faol o`quvchilar aniqlanadi hamda

o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.Darsimizda faol ishtirok etgan o`quvchilar har xil nominatsiya bo`yicha taqdirlanadilar.

VI. Uyga vazifa berish. Qo`shimcha adabiyotlardan foydalangan holda o`tilgan mavzularni hamda yangi mavzuni o`qib o`rganish. Darslikdagi 103-104- topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.

Stipendiya tanlovi yakuniga yetdi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan takomillashtirilgan «EL-YURT UMIDI» jamg’armasi 2021-2022 o’quv yili uchun 350 o’ringa mo’ljallangan Stipendiya tanlovi yakuniga yetdi. Maktab-internatimizning 11-«B» sinf o’quvchilari Rahimov Samandar, Sodiqjonov Jasurbek, Abdullajonov Jasurbek, Rahimov Elbeklar tanlovning 1- bosqichida ishtirok etdilar. Bu bosqichdan Abdullajonov Umidjon, Rahimov Elbek yuqori natijalar bilan o’tishdi. 20-may kuni Prezident Akademiyasida 2-bosqich og’zaki suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat natjalariga ko’ra Abdullajonov Umudjon 84 ball, Rahimov Elbek 76 ballni qo’lga kiritdi. Yaqin kunlarda Vasiylik kengashi qarori asosida ushbu o’quvchilarimizning qabul qilinganligi haqidagi yangilikni kutyapmiz.

KIUF olimpiadasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3-maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4306-sonli qarorida berilgan umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida qo’shimcha respublika va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish to’g’risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo’yicha Koreya Davlati Universitetlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan «KIUF olimpiadasining» viloyat bosqichi 29-may kuni bo’lib o’tdi. Unda maktab-internatimiz 11-sinf o’quvchilar ishtirok etdilar.

Matematika fanidan Narzullayev Sa’dulloh va Xakimjonov Otabek.

Fizika fanidan Ubaydullayeva Gulhayolar ishtirok etib, sertifikatlarni qo’lga kiritdilar.

Informatika va AT fanidan Valijonov Zufarbek faol ishtirok etib, faxrli I o’rinni qo’lga kiritib, 4 yillik o’qish uchun 12800$ grantga ega bo’ldi.

Amaliy fanlar oyligi doirasida o’tkazilgan tadbirlar

Namangan viloyati Mingbuloq tumani13- Davlat  iqtisoslashtirilgan  maktab-internatida  2020-2021-o`quv yili  davomida “Estetik yo`nalishdagi fanlar” metodbirlashmasida jismoniy tarbiya fanidan ikkinafar oliy va birinchi toifali, texnologiya fanidan ikki nafar ikkinchi toifali, chizmachilik fanidan bir nafar ikkinchi toifali va bir nafar mutaxasis, musiqa fanidan bir nafar mutaxasis,CHQBT fanidan  bir nafar mutaxasis, o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Fan oyligiga tayyorgarlik yuzasidan tadbirlar rejasi bo’yicha metod birlashma rahbari va a’zolari o’rtasida ish taqsimoti qilindi, kerakli vazifalar va topshiriqlar belgilandi. Fan oylik burchagi tashkillandi.

O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, fanlarga qiziqtirish, darslarda paydo bo’lgan bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan barcha fanlardan to’garaklar tashkil etilgan. Jumladan, Texnologiya fanidan “Yosh durodgorlar”, musiqa fanidan “qo`shig`imiz ” , jismoniy tarbiya fanidan “Shaxmat”, “Valeybol”, “Basketbol” , “Yosh tennischi”, kabi to’garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.

Maktab-internatimizda 29- aprel kuni  o`quvchi yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, san`at va musiqaga qiziqishlarini yanada oshirish, omma oldida so`zga chiqish, o`z istedodini namoyon qila olish ruhiy ko`nikmalarini shakillantirish va ma`naviyatini yuksaltirish  maqsadida 7-8- sinf o’quvchilar ishtirokida musiqa yo`nalishida “Qo`shig`imiz avjida”  nomli musiqiy tadbir bo`lib o`tdi.

2021-yil 19-aprel kunlari texnologiya fani o`qituvchisi Inamova Odina 8-sinflar o’rtasida  “Bohoriy salatlar” tayyorlash musobaqasi o’tkazdi. Bunda faxirli birinchi  o’rini 8-“F” sinf  jamosi, fahirli ikkinchi o’rini 8-”A” va 8-“B” sinflar jamosi, fahirli uchinchi o’rini 8-”E” va 8-“G” sinflar faol ishtirok etishdi. G’olib sinflar qimmatbaho estalik uchun sovg’a va fahri yorlig’i bilan taqdirlandilar.

May oyi “Jismoniy tarbiya va ChQBT fani” oyligi munosabati bilan 7-sinif o’quvchilari o’rtasida  11-12- may kunlari soat 14:00 da maktab-internatimiz sport zalida “Quvnoq startlar” musobaqalari o`tkazildi.

        “Quvnoq startlar-2021 7-sinf  o`g`il va  qizlari  o’rtasida , 8 ta shartdan iborat bo`ldi.

       Ushbu sport musobaqasida  5 ta  o`g`il va 5 ta qiz bolalar  ishtirok etdilar. Musobaqada

I – o’rinni 7-d  sinf o’quvchilari jamoasi

  II – o’rinni  7-f  sinf o’quvchilari jamoasi

  III – o’rinni  7- a sinf o’quvchilari jamoasi

  III – o’rinni  7- e sinf o’quvchilari jamoasi egalladi

Taqdirlash

Mingbuloq tumani 13-DIMIda tantanali saflanishda Respublika fan olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritgan, «Yosh kitobxon» tanlovi viloyat boqichida g’olib bo’lgan, muddatidan oldin bir necha chet el oliy o’quv yurtlariga grantlarni yutib olgan iqtidorli o’quvchilar maktab-internati direktori faxriy yorliqlari, pul mukofotlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tantanali saflanish barcha o’quvchilarga kelgusi o’qishlarida shu kabi yutuqlarga erishishga motivatsiya bo’ldi.

Organizmlar evolyutsiyasi

Bugun 8-«A» sinf o’quvchisi Abdulhayev Muhammadrasul «HAYOT» deb nomlangan loyiha uchun taqdimoti o’tkazdi. O’quvchilar bilan «Organizmlar evolyutsiyasi, irsiy o’zgaruvchanlik, irsiy kasalliklarni oldini olish» mavzusida kerakli ma’lumotlari va tayyorlayotgan loyihasi bilan o’rtoqlashdi.