Maktab-internat direktor
Karimova Feruza Odiljanovna – 1977- yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug’ilgan, oilali, to’rt nafar o’z farzandi va yana 525 nafar Maktab-internat o’quvchilarini tarbiyalaydi. 2005-yil Namangan Davlat Universiteti bitirib, rus tili o’qituvchisi bo’lib ishladi. 2014-yil tumandagi ixtisoslashgan maktab-internatiga direktor etib tayinlandi.O’zLiDeP a’zosi. Ingliz va rus tillarini biladi.
Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
Boqiyev Baxromjon – 1973 yilda tug’ilgan, birinchi toifali tarix va jamiyatshunoslik fani o’qituvchisi. 1995- yil NamDU rus tili fakultetini tamomlagan. Maktab-internatda 2017-yildan ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy bo’lim mudiri
Ibrohimova Marvarit To’lqinboyevna – 1979 -yil Mingbuloq tumanida tug’ilgan. 2002 -yil Namangan Davlat Universitetining huquqshunos-pedagog fakultetini tamomlagan. 2006-yil maktab-internatiga davlat va huquq asoslari fani o’qituvchisi sifatida ishga qabul qilingan. 2015-yildan maktab-internatda ilmiy bo’lim mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Ilmiy bo’lim mudiri
Asqarov Ilyos Olimjonovich 1983- yil Mingbuloq tumanida tug’ilgan. 2008- yil Namangan Davlat Universitetining ingliz tili o’qituvchisi mutaxassisligini tamomlagan.2015-yil maktab-internatiga ingliz tili fani o’qituvchisi sifatida qabul qilingan. 2015-yil oktabr oyidan beri ilmiy bo’lim mudiri lavozimida ishlab kelmoqda