Maktab-internat haqida

Mazkur 13 – sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab – internati 1994 yil 1 – sentabrdan ixtisoslashtirilgan maktab – internat maqomini oldi. Bugungi kunda maktabda 568 nafar o‘quvchi 19 ta sinfda ta’lim va tarbiya olib kelmoqdalar.

Bilimgoh direktori Karimova Feruza Odiljonovna 2014 yil 9–sentabrdan, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Boqiyev Bahromjon 2017 yil 8 – avgustdan, o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Ibroximova Marvarid To‘lqinboyevna 2015 yil 2–sentabrdan, yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Asqarov Ilyos 2015 yil 2 – oktabrdan faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Maktab – internat matematika, ingliz tili va ona tili fanlariga chuqurlashtirilib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan. Kadrlar saloxiyati bo‘yicha maktab-internatda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning barcha 42 nafari oliy ma’lumotga egadirlar. Toifalari bo‘yicha 9 ta oliy, 11 ta birinchi malaka toifasiga, 12 ta ikkinchi malaka toifali hamda 10 nafari mutaxassis o‘qituvchilar mehnat qiladilar. Shuningdek, samarali mehnatlari uchun davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan ustozlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Jumladan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Oshiqova Shahlo, ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi G. Isoqova, rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Boqiev Baxromjon va Nishonova Gulchexralar “O‘zbekiston xalq ta’limi a’lochisi” nishondorlaridir. Maktab-internat direktori F. Karimova 2017 yil 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Konstituttsiyaning 25 yilligi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish to‘g‘risida”gi № 203-sonli qarorini amalda bajarib, barcha fanlar bo‘yicha o‘qituvchilar tanlov asosida yetarli tanlab olingan. Ularning doimiy malaka oshirishlarini ta’minlash maqsadida 3 yillik va 1 yillik malaka oshirish grafiklari ishlab chiqilgan.

Kelajak avlodni yetuk, ma’naviy barkamol bilimga chanqoq bo‘lib ulg‘ayishida yurtboshimiz tomonidan chiqarilayotgan ta’limga oid farmonlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlarini amalda tadbiq etish natijasida muassasada shart – sharoitlar yetarli. Maktabda bugungi kunda 22 ta fan xonalari, 3 ta labaratoriya, 1 ta komplekt, 4 ta yakka kompyuter, 1 ta sport zal, 1 ta futbol maydoni, 1 ta basketbol maydoni, 200 o‘rinli moslashtirilgan yotoqxona, 200 o‘rinli oshxona, ma’naviyat va ma’rifat xonasi, xuquqiy bilimlarini targ‘ibot etish xonasi, tibbiyot xonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 2 iyunda 1962-sonli raqam bilan ro‘yhatdan o‘tkazilgan “Akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha Respublika olimpiadalarini o‘tkazish va xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini tanlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida maktab-internatning 25 nafar o‘quvchilari 2018 yilning 23-25 mart kunlari o‘tkazilgan fan olimpiadasilarining viloyat bosqichida faol ishtirok etib, ona tili va adabiyoti fanidan 9-sinf o‘quvchisi Axmadjonova Xurshida faxrli 1-o‘rinni, rus tili (o‘zbek sinflarda) fanidan 9-sinf o‘quvchisi Fazliddinova Gulzoda faxrli 1-o‘rinni, 9-sinf o‘quvchisi Xabibullaev Muxammadmuso huquq fanidan faxrli 1-o‘rinni, 10-sinf o‘quvchisi Maxmudova Moxinur rus tili (o‘zbek sinflarda) fanidan faxrli 1-o‘rinni, 10-sinf o‘quvchisi Botiralieva Onaxon huquq fanidan faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sinflarda ta’lim olayotgan o‘quvchilardan ona tili va adabiyoti fanidan 10-sinf o‘quvchisi Ortiqova Gulshoda faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni, ingliz tili fanidan 10-sinf o‘quvchisi Mingboeva Gulnoza faxrli 3-o‘rinni, rus tili (rus sinflarda ) fanidan 9-sinf o‘quvchisi Erkinjonov Nodirbek faxrli 3-o‘rinni, rus sinflarda davlat tili (o‘zbek tili) fanidan 9-sinf o‘quvchisi Yusufjonova Mashhura faol ishtirok etib, 3-o‘rinni egalladi.

 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashtirilgan maktab-internatining iqtidorli o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fanlar bo‘yicha bilim va malakalarini almashishlariga hamda fanlardan olgan bilimlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish hamda xalq ta’limi vazirining 2018 yil 26 yanvardagi 26-sonli buyrug‘i, viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2018 yil 10 fevraldagi 32-sonli buyruqlarini ta’minlash maqsadida maktab internat direktorining 2018 yil 2-martdagi 27-sonli buyrug‘i chiqarilib, innovatsion olimpiadaning tuman bosqichida Fizika, tarix, matematika, biologiya, tasviriy san’at, kimyo, chizmachilik va informatika fanlaridan 21 nafar o‘quvchilar faol ishtirok etib, ulardan 16 nafari viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Viloyat bosqichida 16 nafar o‘quvchilar faol ishtirok etib, ulardan 7 nafari faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Shuningdek, 2017-2018 o‘quv yilida davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari o‘rtasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining o‘tkazilishi o‘quvchilarni ona tiliga bo‘lgan mehri va muhabbatini yanada oshishida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu ko‘rik-tanlovning xududiy bosqichida maktab-internatning “Oxanrabo” jamoasi faol ishtirok etdi. Viloyat “Barkamol avlod” markazida o‘tkazilgan Final bosqichida ishtirok etgan maktab-internat jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, bellashuvning mutlaq g‘olibiga aylandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining faxriy yorliqlari va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Bugungi kunda 2017-2018 o‘quv yilida maktab-internat 5-8 sinf o‘quvchilaridan “Bilimlar bellashuvi” maktab bosqichida 38 nafar o‘quvchilar barcha fanlardan saralanib, joriy yilning 23-24 mart kunlari bo‘lib o‘tgan tuman bosqichida 31 nafari faxrli 1-o‘rinni egalladi. Ulardan 18 nafari 7-8 sinf o‘quvchilarini tashkil etib, 27-28 mart kunlari viloyat bosqichida faol ishtirok etib, quyidagi natijalarga erishildi. 8-sinf o‘quvchisi Sobirova Fotimaxon rus tili (rus sinflarda) fanidan faol ishtirok etib, 88 ball to‘pladi va faxrli 1-o‘rinni egalladi. 8-sinf o‘quvchisi Mirzasalimov Boburmirzo iqtisodiy bilim asoslari fanidan faol ishtirok etib, 94 ball bilan 1-o‘rinni egalladi. Shuningdek, davlat tili fanidan 8-sinf o‘quvchisi Olimova Sarvinoz 93 ball bilan, rus tili (o‘zbek sinflarda) fanidan 8-sinf o‘quvchisi Jo‘raboev Mavlonbek 86,6 ball bilan, 8-sinf o‘quvchisi Ubaydullaeva Gulhayo fizika fanidan 89 bal bilan, 8-sinf o‘quvchisi Shokirov Abdurazzoq 98 ball to‘plab, faxrli 7-sinf o‘quvchisi Isroiljonova Mohidil rus tili (rus sinflarda) fanidan 81 ball bilan faxrli 2- o‘rinni egalladilar. 8-sinf o‘quvchisi Turg‘unboeva Dilobar ona tili va adabiyoti fanidan faol ishtirok etib, 91 ball bilan, 7-sinf o‘quvchisi Lutfullaeva Mexribon davlat tili fanidan 87 ball bilan, 7-sinf o‘quvchisi Adxamov Diyorbek matematika fanidan 98 ball bilan, 8-sinf o‘quvchisi Alijonov Azizbek informatika fanidan 94 ball bilan faxrli 3- o‘rinni egalladilar. Qolgan 7 nafar o‘quvchilar ham yuqori ballar to‘plab, faxrli 10 talikka kirdilar. Umumiy hisobda o‘quvchilarning bilimlar bellashuvida to‘plagan ballari 86,7 ballni tashkil etib, maktab-internat jamoasining mehnatlari bejiz ketmaganligini ko‘rsatib turipti.

“Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi 2018 ” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida 8 nafar fan o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Ulardan 6 nafari ona tili va adabiyoti fanidan Isoqova Gulbaxor, Ingliz tili fanidan Qo‘chqarova Surayyo, Rus tili fanidan Kurtumerova Albina, Nishonova Gulchexra, Kimyo fanidan Ikromova Manzura, Matematika fanidan Yo‘ldoshev Nodirbeklar viloyat bosqichida ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdilar. Viloyat bosqichi 30-5 may kunlari o‘tkazilib, ona tili va adabiyoti fan o‘qituvchisi Isoqova Gulbaxor va Rus tili fani o‘qituvchisi Kurtumerova Albina faxrli 1-o‘rinni egalladilar. Rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Nishonova Gulchexra faxrli 3-o‘rinni egalladi. Tanlovning respublika bosqichida Ona tili va adabiyoti fanidan Isoqova Gulbahor faol ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni egallab, viloyat sha’nini munosib himoya qilib qaytti. Xalq ta’limi vazirligining 2-darajali diplomi hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.