Fan to’garaklari

«YOSH INFORMATIK»

Maktab-internati 5, 7 -sinf o’quvchilari a’zo qilib olingan. To’garak a’zolari, asosan, maktabda o’tkaziladigan fan kechalari, ochiq darslar va boshqa tadbirlarning taqdimotlarini tayyorlab, bu tadbirlar tarixda saqlanib qolishiga o’z hissalarini qo’shmoqdalar .

Rahbari: Mansurov Farhodjon

«ORASTA QIZLAR» TO’GARAGI

2014- yilda tashkil etilgan. To’garakda maktab-internatning eng sara orasta qizlari a’zo sifatida qabul qilingan. Har bir sinfda 1 tadan orasta qizlar sardori saylangan bo’lib, ular haftalik dastur asosida to’garakda ish olib boradilar.
Rahbari: Nazarova Hilola

«GULDASTA» RAQS TO’GARAGI

Barcha raqssevarlar to’garagimiz a’zolaridir. Maqsadimiz:o’quvchilarning estetik tarbiyasini rivojlantirish,turli xil jahon mamlakatlarining raqslari bilan tanishib,ularni o’rganib borish, ammo milliy raqslarimizning sahnada ajoyib guldastasini yaratishdir. Xohlovchilarni to’garagimizga taklif etamiz.
Rahbari: Ishkulova Noila

«SOGLOM AVLOD» SPORT TO’GARAGI

Volebol, futbol, basketbol, stol tennisi, taekvando, karate kabi sport turlaridan to’garaklar faol ish olib bormoqda. Bu to’garaklarga maktab-internatning 5-9 sinf o’quvchilaridan 75 foizi jalb etilgan.
Rahbari: Shermatob O’lmasbek

«PARVOZ»-MAKTAB XOR JAMOASI

Ushbu jamoa rahbarining izlanuvchanligi xor ishtirokchilari talantini yanada yuksalishiga omil bo’lib xizmat qiladi. Xor jamoasi o’zining chiqishlari bilan maktab jamoasi, o’qituvchi va o’quvchilarni va qolaversa ,tashrif buyurgan mehmonlarni ham xursand etib kelishmoqda.
Rahbari: Ubaydullayeva Zohida