#bilimlar kuni

Мингбулоқ туманидаги 13-сонли ДИМИда Мустақилигимизнинг 30 йиллиги ҳамда янги ўқув йилининг бошланишига бағишланган “Янги Ўзбекистонда Эркин ва фаровон яшайлик” шиори остида “Биринчи қўнғироқ” тадбири тантанали ташкил этилди. Ушбу ўқув йили таълим муассасаси жамоаси ва ўқувчилари учун ҳар йилгидан ҳам кўтаринки кайфиятда ташкил этилди.  Боиси Мактаб-интернатни 2020-2021 ўқув йилида тамомлаган 65 нафар ўқувчиларнинг барчаси  ДТМ тест синовларидан муваффақиятли ўтиб, 22 нафари давлат гранти ва 43 нафари шартнома асосида республикамизнинг нуфузли олийгоҳларига қабул қилиниб, 100% битирувчилар талаба бўлиш бахтига мушарраф бўлдилар. 11-Б синф ўқувчиси Абдуллажонов Умиджон “Эл-юрт умиди” жамғармасининг номзоди сифатида саралаб олиниб, АҚШнинг Аризона шататидаги нуфузли иқтисодиёт университетига 100% ли грант асосида ўқишга қабул қилинди. Валижонов Зуфарбек КИУФ олимпиадасида информатика фанидан ғолибликни қўлга киритибКориея ва Ўзбекистон ҳамкорлигида Университетда таҳсил олиш учун 12500$ лик грантга эга бўлди.

Юқоридаги эришган ютуқлар қаторида Озод ва обод юртимизнинг 30 йиллиги муносабати билан фидоий устозларимиз мактаб-интернат директори Ф.Каримова, ўқув ва тарбиявий ишлар бўйича директор ўринбосари М.Иброхимова, Она тили ва адабиёти фани ўқитувчиси Ш.Ошиқова ҳамда  инглиз тили фани ўқитувчиси Ф.Жўраевалар “Ўзбекистон Республикаси Мустақиллиги 30 йиллиги” кўкрак нишони билан тақдирландилар. Шунингдек тадбирда нуфузли олийгоҳларнинг талабаси бўлган битирувчиларнинг ота-оналари, битирувчилар ҳамда янги қабул қилинган 7-синф ўқувчиларининг ота-оналари иштирок этиб, мактаб педагогик жамоаси ва ўқувчиларга омад ва муваффақиятлар тиладилар. Тадбирда  ўқувчилар ўзларининг жозибали рақслари билан барчани кўнглини ҳушнуд этдилар.  

Stipendiya tanlovi yakuniga yetdi

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan takomillashtirilgan «EL-YURT UMIDI» jamg’armasi 2021-2022 o’quv yili uchun 350 o’ringa mo’ljallangan Stipendiya tanlovi yakuniga yetdi. Maktab-internatimizning 11-«B» sinf o’quvchilari Rahimov Samandar, Sodiqjonov Jasurbek, Abdullajonov Jasurbek, Rahimov Elbeklar tanlovning 1- bosqichida ishtirok etdilar. Bu bosqichdan Abdullajonov Umidjon, Rahimov Elbek yuqori natijalar bilan o’tishdi. 20-may kuni Prezident Akademiyasida 2-bosqich og’zaki suhbat bo’lib o’tdi. Suhbat natjalariga ko’ra Abdullajonov Umudjon 84 ball, Rahimov Elbek 76 ballni qo’lga kiritdi. Yaqin kunlarda Vasiylik kengashi qarori asosida ushbu o’quvchilarimizning qabul qilinganligi haqidagi yangilikni kutyapmiz.

KIUF olimpiadasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 3-maydagi «Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida»gi PQ-4306-sonli qarorida berilgan umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida qo’shimcha respublika va xalqaro, shu jumladan nodavlat fan olimpiadalarini tashkil etish to’g’risidagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim maktablarining 11-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika, fizika hamda informatika fanlari bo’yicha Koreya Davlati Universitetlari bilan hamkorlikda o’tkazilgan «KIUF olimpiadasining» viloyat bosqichi 29-may kuni bo’lib o’tdi. Unda maktab-internatimiz 11-sinf o’quvchilar ishtirok etdilar.

Matematika fanidan Narzullayev Sa’dulloh va Xakimjonov Otabek.

Fizika fanidan Ubaydullayeva Gulhayolar ishtirok etib, sertifikatlarni qo’lga kiritdilar.

Informatika va AT fanidan Valijonov Zufarbek faol ishtirok etib, faxrli I o’rinni qo’lga kiritib, 4 yillik o’qish uchun 12800$ grantga ega bo’ldi.

Amaliy fanlar oyligi doirasida o’tkazilgan tadbirlar

Namangan viloyati Mingbuloq tumani13- Davlat  iqtisoslashtirilgan  maktab-internatida  2020-2021-o`quv yili  davomida “Estetik yo`nalishdagi fanlar” metodbirlashmasida jismoniy tarbiya fanidan ikkinafar oliy va birinchi toifali, texnologiya fanidan ikki nafar ikkinchi toifali, chizmachilik fanidan bir nafar ikkinchi toifali va bir nafar mutaxasis, musiqa fanidan bir nafar mutaxasis,CHQBT fanidan  bir nafar mutaxasis, o’qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Fan oyligiga tayyorgarlik yuzasidan tadbirlar rejasi bo’yicha metod birlashma rahbari va a’zolari o’rtasida ish taqsimoti qilindi, kerakli vazifalar va topshiriqlar belgilandi. Fan oylik burchagi tashkillandi.

O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, fanlarga qiziqtirish, darslarda paydo bo’lgan bo’shliqlarni to’ldirish yuzasidan barcha fanlardan to’garaklar tashkil etilgan. Jumladan, Texnologiya fanidan “Yosh durodgorlar”, musiqa fanidan “qo`shig`imiz ” , jismoniy tarbiya fanidan “Shaxmat”, “Valeybol”, “Basketbol” , “Yosh tennischi”, kabi to’garaklar faoliyat yuritib kelmoqda.

Maktab-internatimizda 29- aprel kuni  o`quvchi yoshlarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish, san`at va musiqaga qiziqishlarini yanada oshirish, omma oldida so`zga chiqish, o`z istedodini namoyon qila olish ruhiy ko`nikmalarini shakillantirish va ma`naviyatini yuksaltirish  maqsadida 7-8- sinf o’quvchilar ishtirokida musiqa yo`nalishida “Qo`shig`imiz avjida”  nomli musiqiy tadbir bo`lib o`tdi.

2021-yil 19-aprel kunlari texnologiya fani o`qituvchisi Inamova Odina 8-sinflar o’rtasida  “Bohoriy salatlar” tayyorlash musobaqasi o’tkazdi. Bunda faxirli birinchi  o’rini 8-“F” sinf  jamosi, fahirli ikkinchi o’rini 8-”A” va 8-“B” sinflar jamosi, fahirli uchinchi o’rini 8-”E” va 8-“G” sinflar faol ishtirok etishdi. G’olib sinflar qimmatbaho estalik uchun sovg’a va fahri yorlig’i bilan taqdirlandilar.

May oyi “Jismoniy tarbiya va ChQBT fani” oyligi munosabati bilan 7-sinif o’quvchilari o’rtasida  11-12- may kunlari soat 14:00 da maktab-internatimiz sport zalida “Quvnoq startlar” musobaqalari o`tkazildi.

        “Quvnoq startlar-2021 7-sinf  o`g`il va  qizlari  o’rtasida , 8 ta shartdan iborat bo`ldi.

       Ushbu sport musobaqasida  5 ta  o`g`il va 5 ta qiz bolalar  ishtirok etdilar. Musobaqada

I – o’rinni 7-d  sinf o’quvchilari jamoasi

  II – o’rinni  7-f  sinf o’quvchilari jamoasi

  III – o’rinni  7- a sinf o’quvchilari jamoasi

  III – o’rinni  7- e sinf o’quvchilari jamoasi egalladi

Taqdirlash

Mingbuloq tumani 13-DIMIda tantanali saflanishda Respublika fan olimpiadasiga yo’llanmani qo’lga kiritgan, «Yosh kitobxon» tanlovi viloyat boqichida g’olib bo’lgan, muddatidan oldin bir necha chet el oliy o’quv yurtlariga grantlarni yutib olgan iqtidorli o’quvchilar maktab-internati direktori faxriy yorliqlari, pul mukofotlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. Tantanali saflanish barcha o’quvchilarga kelgusi o’qishlarida shu kabi yutuqlarga erishishga motivatsiya bo’ldi.

Organizmlar evolyutsiyasi

Bugun 8-«A» sinf o’quvchisi Abdulhayev Muhammadrasul «HAYOT» deb nomlangan loyiha uchun taqdimoti o’tkazdi. O’quvchilar bilan «Organizmlar evolyutsiyasi, irsiy o’zgaruvchanlik, irsiy kasalliklarni oldini olish» mavzusida kerakli ma’lumotlari va tayyorlayotgan loyihasi bilan o’rtoqlashdi.

«1 dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni»

2020 yil 20 noyabr kuni 13-sonli davlat ixtisoslashtirgan maktab-internatda 9 sinf uchun «1 dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan «Salomatlik markazi» xamkorligida tumanning oliy toifali infektsionist shifokori Axmedov Olimjon aka bilan OITS ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazildi. 9 «B-D» -sinf o’quvchilari ishtirok etib o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Bunday davra suhbatlari ko’plab tashkil etilishni taklif etib qolishdi.

«O’ZBEKISTON MADANIY MEROSI JAHON TUPLAMLARIDA»

Uzbekiston – dunyo tamaduni tarixida yorqin iz qoldirgan buyuk davlatlar vorisi. Asrlar davomida uning zaminida ajoyib me’morchilik, sanat va adabiyotga oid asarlar yaratilgan bo’lib, ular xonuzgacha butun dunyodagi Uzbekiston xalqlari madaniyati ixlosmandlarini xayratga solib kelmoqda. Ushbu merosni xaqqoniy va har tomonlama o’rganish O’zbekiston, balki butun jahonning muhim vazifasi hisoblanadi, zotan mamlakatimiz madaniyati butun insoniyatning boyligidir.

Maktab-internatimiz kutubxonasi ushbu 15 jildlik kitoblar bilan boyitildi

“Oktabr – ona tili va adabiyoti fan oyligi”

Maktab-internatimizda ona tili va adabiyot fani oyligi yuqori saviyada tashkil etildi. Maktab-internatning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari va o’quvchilar turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etdilar. Jumladan, 10-“A”sinf o’quvchisi Akmalxonova Sarvinoz “O’zbek tilim – iftixorim” mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichida 1-o’rinni egallab, respublika miqyosida faxrli 2-o’ringa munosib deb topildi. Mingbuloq tuman hokimligi va XTB tomonidan tashkil etilgan “Ona tilim–faxrim” nomli insholar tanlovida 9-“D” sinf o’quvchisi Jo’rayeva Mukambar 1-o’rinni egalladi. Umumta’lim maktablar o’qituvchilari o’rtasida tashkillangan  “Eng yaxshi videodars” tanlovida G.Isoqova, Sh. Oshiqova va Y. Nurmatovalar o’z videodarslari bilan qatnashdilar. Y. Nurmatovaning tanlov uchun tayyorlagan videodarsi saralanganlar qatoriga kiritildi.

O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishiga 31 yil to’ldi

Maktab-internatimizda 21-oktabr kuni O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishiga 31 yil to’lishi munosabati bilan «Qadri balan ona tilim» shiori ostida bayram tadbiri o’tkazildi. Tadbirda maktabimiz o’quvchilari til haqida ajoyib she’r va qo’shiqlar aytishdi. Tilimizning muammolari ko’rsatilgan sahna ko’rinish barchaga birdek manzur bo’ldi