“Quvnoq startlar-2022” musobaqasi

13- Davlat iqtisoslashtirilgan maktab- internatida  “Jismoniy tarbiya va ChQBT fani” oyligi munosabati bilan 7-sinif o’quvchilari o’rtasida             .  16-17- may kunlari maktab-internat sport zalida “Quvnoq startlar-2022” musobaqalari o`tkazildi.

         O`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga jalp etish, yosh avlodning sog`ligini mustahkamlash, har tomonlama jismoniy kamol toptirishga va soglom turmush tarziga extiyojini shakllantirish, sport musobaqalarini otkazish orqali ularning qalbi va ongiga sadoqat tuygularini yanada chuqurroq singdirish hamda oquvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli otkazish maqsadida 8 shartdan iborat musobaqa tashkil qilindi. 5 o`g`il va 5 qizdan iborat bo`lgan jamoalarni hakamlar F. Abdulhaev va Sh. Eralievlar odilona va haqqoniy baholab bordilar.

     “Quvnoq startlar estafetasi” 2022 sport musobaqasi juda ko’tarinki ruhda o’tkazildi. О’yin juda qiziqarli, baxsli va maroqli o’tdi.

Yakunda:   I – o’rinni 7-“B”  sinf o’quvchilari jamoasi

                  II – o’rinni  7-“D” sinf o’quvchilari jamoasi

                  III – o’rinni  7-“A” sinf o’quvchilari jamoasi egalladi

       G’olib bo’lgan jamoalar maktab internati  ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi va diplom, estalik sovg`alar bilan mukofatlandilar.

.Kelajakda  jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari o’quvchi yoshlarimizni aqlan yetuk va jismonan sog’lom bo’lib yetishishi uchun xizmat qiladi.

“Umid nihollari-2022” musobaqasida 13- DIMI o`quvchilari

        Habaringiz bor Mingbuloq  tumani 13-sonli  davlat –ixtisoslashtirilgan  maktab –internati o`quvchilari “Umid nihollari-2022”  tuman bosqichi sportning  “Stol tennis” turidanfaol ishtirok etib (o`g`il bolalar) o`rtasida fahrli I- o’rinni 7-“A” sinf o`quvchisi Axmadjonov Muhammadqodir,  II- o’rinni 9-“D” sinf o`quvchisi Ortiqov Bobur, (qizlar) o`rtasida fahrli I- o’rinni 10-“D” sinf o`quvchisi  Zohidjonova Habibalar egallagan edilar.

       Ushbu “Umid nihollari-2022” musobaqalarining “Stol tennis” turidan viloyat bosqichi may oyida keskin va murosasiz tarzda bo`lib o`tdi. Mingbuloq terma jamoasi vakillari sanalmish 13- DIMI o`quvchilari musobaqa davomida o`zining chaqqonlik, epchillik, zehinlilik, kabi sifatlarini namoyon qildilar va “Norin”, “Davlatobod” tumani terma jamoalarini mag`lub etib, yakunda  “Kosonsoy” tumani vakillariga imkoniyatni boy berdilar.

        Musobaqa davomida ushbu o`quvchilarimiz o`zlariga zarur bo`lgan  qimmatli  ma`lumotlarni  olishdi. O`zlari yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tushunib yetishdi.  O`quvchilar o`z tengdoshlari bilan do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashdi.

Xotira va qadrlash kuni

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-DIMIning bir guruh o’quvchilari ishtirokida tuman markazidagi xotira maydonida joylashgan «Motamsaro ona» monumenti poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi. Marosim davomida Vatanga muhabbat va sadoqatni madx etuvchi she’rlar aytildi, tarix fani o’qituvchisi X.Qayumov tumanimizda yashab o’tgan Ulug’ vatan urushi qatnashchilari va mehnat qaxramonlari haqida ma’lumotlar berdi va tadbir ko’tarinki ruhda tashkil etildi. O’quvchilar o’zlariga kerakli ma’lumotlar olishdi.

«Umid nihollari» sport musobaqasi g’oliblari taqdirlandi

Mingbuloq tumani Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida sportning “stol tennis” turi bo‘yicha «Umid nihollari-2022 » sport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tumandagi 13-DIMI sport zalida yuqori saviyada tashkil etilgan musobaqa yakunida

13- DIMI o‘quvchilari

(o‘g‘il bolalar) l- o‘rin 7 “A” sinf Ahmadjonov Muhammadqodir, II-o’rin Ortiqov Boburjon,

(qizlar) l-o’rin Zohidjonova Habiba lar egallab, viloyat bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo‘lga kiritdilar.

ГЕНЕРАЛ – ЁШЛАР ҲУЗУРИДА

Ҳозирга қадар юқори мартабали шахслар, жумладан генераллар ӯқувчилар билан дилдан суҳбатлашиш учун мактабга ташриф буюрганлик ҳолатини камдан-кам учратганмиз. Президентимиз олиб бораётган ёшлар сиёсати боис эндиликда бундай учрашувларга тез-тез гувоҳ бӯляпмиз. Бугун 13-ДИМИда ӯтказилган тадбир анашулардан биридир.

Наманган вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи, генерал-майор Қосимали Аҳмедов, Наманган Ҳарбий прокурори вазифасини бажарувчи, подполковник Муҳаммаджон Бозормирзаевлар иштирокидаги маънавий-маърифий тадбир 4 соат давом этди. Лекин ӯқувчию ӯқитувчиларнинг бирор нафари тадбир тугашини хоҳламади ҳисоб.

Меҳмонлар мактабда амалга оширилаётган ишлар, ӯқитувчию ӯқувчиларга яратилган шароитлар, эришалаётган натижалар билан қизиқиб танишдилар. Иккинчи истеъдод эгалари чизаётган расмлар, спорт мусобақалари уларда катта таассурот қолдирди.

Ӯз навбатида тадбирни намунали тарзда ташкиллаш ва ӯтказишдаги жонбозликлари учун ДИМИ директори Феруза Каримова, директор ӯринбосари Баҳромжон Боқиев вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан муносиб тақдирландилар.

Ӯқувчиларни ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган мазкур тадбирдан кӯзда тутилган мақсадга эришилди.

“MENING PREZIDENTIM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI.

Joriy yilning 17 dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston” yoshlar intellektual mulk tashkiloti Axborot-kutubxona markazida “Mening Prezidentim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilar Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda besh yil davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini aks ettiruvchi insholar yozish bilan boshlandi.Bu tanlov
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgani kelajakda yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berayotgani bilan alohida e’tiborga loyiqdir.
Tadbirda faol ishtirok etgani uchun Mingbuloq tumani 13-DIMI 11-sinf o‘quvchisi Hamidjonova Dilshoda viloyat kasaba uyushmalari va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O’zbekiston Yoshlari formi

O’zbekiston Yoshlari formi- 2021 doirasida «Zukko kitobxon» tanlovini respublika bosqichida Namangan viloyati Mingbuloq tumanining «Ibrat avlodi» jamoasi kitob sevar yoshlari kuch sinashdilar. Bu tanlov yoshlarni milliy qadiryatlarimiz ma’naviy merosimizga hurmat va sadoqat ruhuda tarbiynaviy, ijodkor yoshlarni rag’bantlantirish o’z aql zakovatini namoyon etishga ko’maklashish hamda yanada kitob o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida uyishtirilgan.Tanlovda Mingbuloq tumanining «Ibrat avlodi» jamoasi faxrli 2-o’rinni egalladi. Jamoada 13-DIMI bitiruvchisi Maxmudov Zoirbek munosib ishtirok etib Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan Notbook,fahriy yorliq hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlhamd.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligini 30 Yilligi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22-noyabrdagi F4 sonli farmoyishiga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofa vazirining 26-noyabrdagi 971-sonli buyrugʻiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligini 30 Yilligi munosabati bilan 20-dekabr 13-DIMI da Namangan viloyati harbiy Prokuraturasi Adliya podpolkovnigi Bozormirzayev Muhammadjon hamda Namangan viloyati Garnizonida joylashgan 07648-xarbiy qism komandiri polkovnik Shukurov Mirsaid Tagirovich, faxriy qorovul vzvodi, arkestr jamoasi, mudofada qo’llaniladigan harbiy qurollar bilan tashrif buyurishdi. Ular oʻzlarining harbiy chiqishlari, arkestir jamoasini kuylari, xarbiy qurolarini mukammal darajada qoʻllash usullari orqali oʻquvchilarni yurtiga sadoqat, vatanparvarlik, insonparvarlik ona vatanni bir hovuch tuprogʻi naqadar muqaddas ekanligini oʻquvchilar qalbiga chiqishlari orqali singdirishdi. Tadbir yakunida maktab internatida tashkil qilingan «Temurbeklar» xonasini ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Обод манзилдаги обод ишлар!

Мутасадди ташкилотлар «Яшил худуд» акцияси диорасида Бирлашган маҳалласидаги 13-сонли ДИМИда бўлди .

Секторлар раҳбарлари иштирокида ўтган тадбир давомида 300га яқин манзарали ва мевали кўчатлар экиш ишлари олиб борилди.

O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-noyabrdagi 08-3231-son va 30/1-2708-son topshiriqlariga muvofiq «O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kunni keng nisonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi o’tkazilgan majlis bayonining 13-bandi, hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 10-noyabrdagi 06-06/3-1473-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Mingbuloq tumani 13-sonli DIMI o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i!» mavzusida insholar va rasmlar tanlovi hamda tadbir kechasi tashkil etishdi.Kechada mehmon Minguloq tumani «Mingbuloq»gazetasi muharriri Qosimjon Akbarov bo’ldi .