“Quvnoq startlar-2022” musobaqasi

13- Davlat iqtisoslashtirilgan maktab- internatida  “Jismoniy tarbiya va ChQBT fani” oyligi munosabati bilan 7-sinif o’quvchilari o’rtasida             .  16-17- may kunlari maktab-internat sport zalida “Quvnoq startlar-2022” musobaqalari o`tkazildi.

         O`quvchilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug`ullanishga jalp etish, yosh avlodning sog`ligini mustahkamlash, har tomonlama jismoniy kamol toptirishga va soglom turmush tarziga extiyojini shakllantirish, sport musobaqalarini otkazish orqali ularning qalbi va ongiga sadoqat tuygularini yanada chuqurroq singdirish hamda oquvchilarning bo`sh vaqtlarini mazmunli otkazish maqsadida 8 shartdan iborat musobaqa tashkil qilindi. 5 o`g`il va 5 qizdan iborat bo`lgan jamoalarni hakamlar F. Abdulhaev va Sh. Eralievlar odilona va haqqoniy baholab bordilar.

     “Quvnoq startlar estafetasi” 2022 sport musobaqasi juda ko’tarinki ruhda o’tkazildi. О’yin juda qiziqarli, baxsli va maroqli o’tdi.

Yakunda:   I – o’rinni 7-“B”  sinf o’quvchilari jamoasi

                  II – o’rinni  7-“D” sinf o’quvchilari jamoasi

                  III – o’rinni  7-“A” sinf o’quvchilari jamoasi egalladi

       G’olib bo’lgan jamoalar maktab internati  ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi va diplom, estalik sovg`alar bilan mukofatlandilar.

.Kelajakda  jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari o’quvchi yoshlarimizni aqlan yetuk va jismonan sog’lom bo’lib yetishishi uchun xizmat qiladi.