“Umid nihollari-2022” musobaqasida 13- DIMI o`quvchilari

        Habaringiz bor Mingbuloq  tumani 13-sonli  davlat –ixtisoslashtirilgan  maktab –internati o`quvchilari “Umid nihollari-2022”  tuman bosqichi sportning  “Stol tennis” turidanfaol ishtirok etib (o`g`il bolalar) o`rtasida fahrli I- o’rinni 7-“A” sinf o`quvchisi Axmadjonov Muhammadqodir,  II- o’rinni 9-“D” sinf o`quvchisi Ortiqov Bobur, (qizlar) o`rtasida fahrli I- o’rinni 10-“D” sinf o`quvchisi  Zohidjonova Habibalar egallagan edilar.

       Ushbu “Umid nihollari-2022” musobaqalarining “Stol tennis” turidan viloyat bosqichi may oyida keskin va murosasiz tarzda bo`lib o`tdi. Mingbuloq terma jamoasi vakillari sanalmish 13- DIMI o`quvchilari musobaqa davomida o`zining chaqqonlik, epchillik, zehinlilik, kabi sifatlarini namoyon qildilar va “Norin”, “Davlatobod” tumani terma jamoalarini mag`lub etib, yakunda  “Kosonsoy” tumani vakillariga imkoniyatni boy berdilar.

        Musobaqa davomida ushbu o`quvchilarimiz o`zlariga zarur bo`lgan  qimmatli  ma`lumotlarni  olishdi. O`zlari yo`l qo`ygan xato va kamchiliklarini tushunib yetishdi.  O`quvchilar o`z tengdoshlari bilan do`stlik aloqalarini yanada mustahkamlashdi.