Xotira va qadrlash kuni

Namangan viloyati Mingbuloq tumani 13-DIMIning bir guruh o’quvchilari ishtirokida tuman markazidagi xotira maydonida joylashgan «Motamsaro ona» monumenti poyiga gul qo’yish marosimi o’tkazildi. Marosim davomida Vatanga muhabbat va sadoqatni madx etuvchi she’rlar aytildi, tarix fani o’qituvchisi X.Qayumov tumanimizda yashab o’tgan Ulug’ vatan urushi qatnashchilari va mehnat qaxramonlari haqida ma’lumotlar berdi va tadbir ko’tarinki ruhda tashkil etildi. O’quvchilar o’zlariga kerakli ma’lumotlar olishdi.