“MENING PREZIDENTIM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI ANIQLANDI.

Joriy yilning 17 dekabr kuni “Yangi O‘zbekiston” yoshlar intellektual mulk tashkiloti Axborot-kutubxona markazida “Mening Prezidentim” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilar Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda besh yil davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarini aks ettiruvchi insholar yozish bilan boshlandi.Bu tanlov
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va Xalq ta’limi vazirligi hamkorligida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgani kelajakda yoshlarimizga keng imkoniyatlar yaratib berayotgani bilan alohida e’tiborga loyiqdir.
Tadbirda faol ishtirok etgani uchun Mingbuloq tumani 13-DIMI 11-sinf o‘quvchisi Hamidjonova Dilshoda viloyat kasaba uyushmalari va viloyat xalq ta’limi boshqarmasining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.