Yangi O’zbekiston va yoshlar bog’i

Mingbuloq tumani 13-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida «Yangi O’zbekiston va yoshlar bog’i» tashkil qilindi. Xususan, bugun «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 13-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatida maktab ma’muriyati, sobiq o’quvchilar hamda ota-onalar tashabbusi bilan «Yangi O’zbekiston va yoshlar bog’i» tashkil qilindi.
«Prezidentimizning tashabbuslaridan keyin qani endi biz nima qilamiz va qanday qilib o’z xissamizni qo’shsak bo’ladi»,- deydi maktab internati direktori Karimova Feruza. Necha yillar davomida qarovsiz, suvsiz bo’lgan bu hudud bugun 500 tup mevali va manzarali ko’chatlar evaziga yashil makonga aylanmoqda. Ekilgan xar bir ko’chatga nom berib o’zimiz mas’ul bo’ldik.