O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-noyabrdagi 08-3231-son va 30/1-2708-son topshiriqlariga muvofiq «O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kunni keng nisonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida»gi o’tkazilgan majlis bayonining 13-bandi, hamda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 10-noyabrdagi 06-06/3-1473-son xati ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Mingbuloq tumani 13-sonli DIMI o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30-yilligi munosabati bilan «Muqaddasdir Vatan bayrog’i!» mavzusida insholar va rasmlar tanlovi hamda tadbir kechasi tashkil etishdi.Kechada mehmon Minguloq tumani «Mingbuloq»gazetasi muharriri Qosimjon Akbarov bo’ldi .