UMID NIHOLLARI 2021

Maktab- internatimizda  5-9- oktabr kunlari “UMID  NIHOLLARI  2021” hamda “maktablar futbol ligasi” musobaqasi va 2-Tashabbus –  yoshlarni jismoniy chiniqtirish , ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur shart sharoitlar yaratish, vaqtini mazmunli o`tkazish maqsadida  sportning “FUTBOL” turidan 7-11-sinflar o`quvchilari o`rtasida musobaqa o`tkazildi.

Tadbir jarayonida o’sib kelayotgan yosh avlodning sog’lom turmish tarziga intilishi va sportga mehir muhabbatini oshirish, ommoviy sportni tashkil qilish va rivojlantirish maqsadida vatanga sadoqatli, kelajakka ishonchi bor barkamol va istedodli o`quvchilardan 7-11 sinflar o’rtasida har bir sinfdan 8 nafardan o’g’il bolalardan tashkil topgan o’quvchilar o`rtasida o`tkazildi. Futbol musobaqasi 5 kun  bo’lib unda o’quvchilar uzining ziyraklik, aqillilik, zehinlilik, kabi sifatlarini namoyon qildilar.

Qizg`in o`tgan musobaqadan  ko`plab  o`quvchilar  o`zlariga  zarur  bo`lgan  qimmatli  ma`lumotlarni  olishdi.  O`zlari  yo`l  qo`ygan  xato  va  kamchiliklarini  tushunib  yetishdi.  O`quvchilar  o`z  tengdoshlari  bilan  do`stlik  aloqalarini  yanada  mustahkamlashdi.

Tadbir  yakunida  ma`naviy-ma`rifiy  ishlar  bo`yicha  direktor  o`rinbosari  Bahromjon  Boqiyev  hamda  maktab  yetakchisi   Fahriddin  Kamolov lar  bellashuvdagi  1-2-3-o`rin  sohiblarini  turli  esdalik  sovg`alari va fahrli yorliq bilan  taqdirlashdilar. Bundan tashqari 20-21- oktabr kunlari bo`lib o`tgan O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining ”Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to`g`risida” 2021-yil 14-yanvardagi PQ-4954-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida SHAXMAT sport turi bo`yicha Namangan shaxar, Davlatobod tumani 1- BO`SM ochiq birinchiligida Mingbuloq tumani jamoasining a`zosi bo`lgan maktab- internatim 7- sinf o`quvchilari Abdusalomov Abdulloh va Sharipov Hojakbarni faol ishtiroklarini aytib o`tish joyiz.