Til bayramining 32 yilligi

13-DIMIda 20-oktabr kuni Til bayramining 32 yilligi munosabati bilan  “Qadring baland bo’lsin,ona tilim!”shiori ostida adabiy kecha va uchrashuv tashkil etildi.  Uchrashuvga viloyatimizning taniqli shoirasi   “Benazir” tahallusi bilan mashhur (Gulchehra Zokirova)  va “Mingbuloq” gazetasi muharriri Qosimjon Akbarovlar ishtirok etishdi.Bayram tadbirida iqtidorli o’quvchilarning qiziqarli chiqishlar bilan boshlanidi. Kecha  munosabati bilan o’quvchilar tomonidan mehmonlarga  har xil savollar berildi va o’quvchilar o’z savollariga javob olishdi.Iqtidorli o’quvchilarimiz adabiyotimizdagi asarlardan parchalarni sahna ko’rinishlarida mahorat bilan ko’rsatildi.Vatanni madh etuvchi kuy,qo’shiqlar  unga monand  raqs ijro etildi. Ona tilimizni e’zozlab she’rlar  o’quvchilar  tomonidan mahorat bilan aytildi.Tadbir so’ngida maktabimiz–internat direktori:Feruza Karimova  tomonidan faol ishtirok etgan o’quvchilar va ustozlar va kelgan mehmonlarga chuqur minnaddorchilik izhor etildi.Adabiy kecha ko’tarinki ruhda yakunlandi.