IJODIY UCHRASHUV

Mingbuloq tumanidagi 13-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 8-Oktabr kuni ijodiy uchrashuv bo’lib o’tdi. Unda sobiq bitiruvchilar “GOOGLE” dasturchisi Obidov Sherali hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Giyosov Sardorlar hamda bir guruh pedagoglar ishtirok etdilar. Suhbat davomida ular o’quvchilarga o’zlarining bosib o’tgan yo’llari va bu yo’ldagi qiyinchiliklar hamda e’tibor qaratishi lozim bo’lgan tomonlari haqida gapirib o’tdilar.  Hozirgi kunda olib borayotgan faoliyatlari ular  uchun bir paytlar orzu ekanligi va qilgan orzulari yo`lida tinmay harakat qilganliklari va buning natijasida yuksak marralarni qo`lga kiritganliklarini aytib o`tib, har bir inson o`z orzusi yo`lida to`xtovsiz mehnat qilishi lozimligini uqtirdilar. Ayniqsa bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, berilayotgan e’tibor yurtimizda yuritilayotgan oqilona siyosat natijasi ekanligi bundan yoshlar oqilona foydalanishlari kerakligini qo’shimcha qilib ketishdi.Uchrashuv davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Uchrashuv  ko’tarinki  ruhda bo’ldi.