Sodda gaplar va gap bo’laklari yuzasidan tahlil

Dars maqsadi: a) ta’limiy maqsad: Sodda gaplar va gap bo’laklari yuzasidan tahlil haqida ma’lumot berish, o’tilgan mavzularni mustahkamlash, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish (FK1) , (FK2);

b) tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularni ona tilini sevishga  o’rgatish, insoniy fazilatlarni qaror toptirish, mehnatsevarlik va rostgo’ylikka o’rgatish, kommunikativ, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik tayanch kompetensiyalarni shakllantirish ( TK1, TK4, TK5, TK6 );

d) rivojlantiruvchi maqsad: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini shakllantirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini o’stirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatish, axborotlar bilan ishlash va o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyalarini shakllantirish (TK2, TK3).

Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarni rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi.

Dars usullari:  savol-javob, ““Iste’dod- jamiyatning intelektual mulki ”,Shukronalik hissi ”, ” Mahorat daqiqasi ”,   “Idrok xaritasi” , “Savodxonlik daqiqasi” kabi interfaol usullar.

Darsda foydalaniladigan jihozlar:  8-sinf ona tili darsligi, ko’rgazmali qurol, tarqatma materiallar, videoproyektor, ekran, videolavha, slaydlar, yopishqoq belgilar(stiker).

Fanlararo bog`lanish: adabiyot, tarix, matematika, texnologiya, ingliz tili , rus tili, milliy istiqlol g`oyasi, geografiya.

Darsning shiori:  Gapirmasdan avval o`yla ,

                              Adabiy tilda so`yla .

                              Sen zehningni ishga sol,

                              Bilimlarni esga ol.

                              O`rganmoqni burching bil,

                              Yangiliklarga intil.    

                          Darsning taqsimlanishi:

T/r Dars bosqichlari Vaqti
1. Tashkiliy qism : “Iste’dod- jamiyatning intelektual mulki” usuli 5 daqiqa
2.       O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Shukronalik hissi “ usuli 10 daqiqa
3. Yangi mavzuni tushuntirish: “Mahorat daqiqasi “  usuli 15 daqiqa          
4. Yangi mavzuni  mustahkamlash: “Idrok xaritasi” usuli 10   daqiqa
5.  Baholash va rag`batlantirish 3   daqiqa
6.  Uyga vazifa berish 2   daqiqa

1.Tashkiliy qism:

    –  salomlashish;

    – davomatni aniqlash;

    – xonani va o`quvchilarni darsga tayyorlash.

Dars avvalida darsning oltin qoidalari o`qituvchi tomonidan eslatiladi va slaydda namoyish ettiriladi.

Shuningdek, o`qituvchi tomonidan dars shartlari, baholash tizimi e’lon qilinadi. O`quvchilar bir-birini baholash usulidan foydalanamiz. Buning uchun har bir o`quvchi uchun bittadan oq qog`oz va yopishqoq belgilar(stiker) tarqatilib chiqiladi. O`quvchilar ishtirokiga qarab, yonidagi do`sti oq  qog`ozga stiker yopishtirib boradi.Bu usul orqali do`stlik tuyg`usi, bir-biriga to`g`ri baho bera olish xususiyati shakllanadi.

Dars yakunida eng faol ishtirok etgan o`quvchilar aniqlanadi.

I.Tashkiliy qism “Iste’dod – jamiyatning intelektual mulki” usuli bilan davom ettiriladi.

     Aziz o`quvchilar! Bugungi darsni 2021-yil – Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili, deb nomlanganligi munosabati bilan kichik bir sahna ko’rinishini siz azizlarga taqdim etishdan boshlamoqchimiz!

  Assalomu alaykum aziz o`quvchilar, jonkuyar ustozlar!

Biz sizlarga 2021- yilning nomlanishi bilan bog’liq kichik bir sahna ko’rinishini e’tiboringizga havola etamiz.

                   1-SAHNA

Bola: Assalomu alaykum, onajon. Men keldim.      

Ona: Va alaykum assalom, og’lim. Yaxshi keldingmi?

Bola: Ha, oyijon, yaxshi keldim. Sizdan bir narsa so’ramoqchi edim?

Ona: Ha, so’rayqol, bolam.

Bola: Shu desangiz, oyijon, mahallamizda sport to’garaklari ochilar ekan. Shunga menga sport kiyimi olib bering?!

Ona: Og’lim, meni qiynamagin, bilasan, kasal bo’lib, bir haftadan beri ishga  chiqolganim yo’q,  uyda esa  oziq-ovqatdan boshqa narsaga pul yo’q.

Bola: Hm… Oberasiz dedimmi, oberasiz.

Ona: Ho’p o’g’lim, ho’p. 

                                 2-SAHNA

(Tuman hokimi mahalla raisini o’z oldiga chaqirtiradi.)

Rais: Assalomu alaykum, hokim buva. Chaqirtiribsiz?

Hokim: Va alaykum assalom. Shu desang yangi 2021-yil “Yoshlarni qo’llab- quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb nomlandi. Shunga boquvchisi kasal bo’lgan oilalarga yordam berishimiz kerak. Sening raislik qilayotgan mahallangda ham shunday oilalar bormi?

Rais: Ha, bir oila bor. Ona-bola yashashadi. Ona bir haftadan beri kasal bo’lib, ishga chiqolmayapti. Shu oilaga moddiy tomondan yordam kerak.

Hokim: Yaxshi, ertaga ularni ko’rgani boramiz.

                     3-SAHNA

               (Hokim oilani ko’rgani boradi)

Hokim: Assalomu alaykum, xola.

Ona: Va alaykum assalom, keling, xizmat?!

Hokim: Biz sizni ko’rgani keldik, bu pul sizga. Davolaning, o’g’lingizga kerak bo’lgan narsalarni olib bering.

Ona: Rahmat, o’g’lim.

II. O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun esa “Shukronalik hissi” usulidan foydalanamiz.

          Bu usulda o’quvchilar hozir “Shukonalik hissi” mavzusiga yozib kelgan matnlarini o’qib berishadi va bundan tashqari chizib kelgan rasmlarini bizga ko’rsatib tahlil qilib berishadi.

                                    Shukronalik hissi

Ushbu his o’zbek xalqiga juda tanish. Tongni ham u bilan boshlab, kunni ham u bilan yakunlashadi. Negaki, jannat timsoli O’zbekistonda yashayotganidan, o’zbek fuqarosi ekanligidan kim ham noshukur bo’lishi mumkin. Shukronalik deganda, o’zgalar va o’zining imkoniyatlari, huquq va erkinliklarini solishtirgan holda o’z omadi, baxti uchun xursandligi va shukur aytishi tushunilsa, ajabmas. Biz ham mana shunday hur yurtda nafas olayotganimiz, musaffo osmon ostida yashayotganimiz uchun shukronalar, hamd-u sanolar aytamiz.

III. Yangimavzuni tushuntirish “Mahorat daqiqasi “  usulidan foydalaniladi.

  Darslikdagi 119-mashq audioda eshittiriladi.

                                          Oqilona javob

    Alisher Navoiy Husayn Bayqaro saroyida bosh vazirlik qilgan kezlarida podsho doim uning so’zlariga quloq solib , shoir bilan maslahatda ish tutar ekan. Kunlardan bir kun erta tongda Husayn Bayqaro saroyga kirib ketayotib Navoiyga qarabdi-yu, ko’rsatkich barmog’i bilan boshini ko’rsatibdi. Ayni shu choqda Navoiy barmog’i bilan tilini ko’rsatibdi. Husayn bosh chayqabdi, saroyga kirmay, qaytib ketibdi. Bu manzarani kuzatib turgan Navoiyning shogirdlari imo-ishoralarining sababini so’rashibdi. Shunda Navoiy:

    – Qani, o’zlaring o’ylab topinglar,- debdi-da, imo-ishoralar sirini aytmabdi.  Shogirdlar o’ylab-o’ylab, hech topisholmabdi. Nihoyat, ulardan biri shoirni so’zlatish maqsadida siyohdonni ag’darib yuboribdi. Shunda Navoiy:

    – Abdullatif, bunchlar parishonxotir bo’lmasangiz, axir siyohdonni ag’darib yubordingiz-ku! – debdi.

    – Kechirasiz, ustoz,-unga yuzlanibdi shogirdi,-haligi muammoning sababini o’ylab xayolim qochibdi. Shunda Navoiy shogirdlariga bo’lgan voqeaning sir-asrorini aytib berishiga majbur bo’libdi

   – Husayn Bayqaro mendan:”Boshga baloni nima keltiradi?” – deb so’radilar. Men esa:”Til”, – deb javob berdim.

   Shogirdlar Navoiyning ziyrak va donishmandligiga yana bir marta qoyil qolishibdi.

                                                          M.Murodov,”Allomalar ibrati”

O`quvchilar matndan o’zlariga xulosa chiqaradilar.

So’ngra darslikdagi 101- topshiriq shartiga ko’ra bajariladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun “Idrok xaritasi” usulidan foydalanamiz.

Mashqlar bajarish bo`lganligi uchun turli topshiriqlarni bajarishga harakat qilinadi.

Slaydda “Siz qay birini tanlaysiz?” nomi ostida topshiriq beriladi. Sharti esa quyidagicha.

Ega va kesimga misollar keltirish, ularning qaysi so’z turkumlari bilan ifodalanishini izohlab o’tish. Biroq keltirilgan misollar qanchalik to`g`ri bo`lishi va ifoda chiroyli tuzilishi talab etiladi. Masalan:

 Inson hayoti davomida hamma narsaga qodir. (ega ot bilan ifodalangan)

Qanchalik ahil yashash – hammaning o’z qo’lida. (ega harakat nomi bilan ifodalangan)

Men hamisha yaxshi o’qishga intilaman. ( kesim fe’l bilan ifodalangan)

Besh karra besh – yigirma besh  ( kesim son bilan ifodalangan)

 Bu usul slaydda aniqlanadi.

Har doimgi darsimiz an’anasiga ko`ra savodxonlik daqiqasini o`tkazamiz.

O`nta so`z o`qituvchi tomonidan aytib turiladi. O`quvchilar yozib boradilar. So`zlar yozilishining to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligi slaydda tekshiriladi. Bunda ham do`stlar bir- birlariga xolis baho beradilar.

V. Baholash va rag`batlantirish. O`quvchilar qo`lga kiritgan yopishqoq belgilar

(stiker) soniga qarab darsda ishtirok etgan faol o`quvchilar aniqlanadi hamda

o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi.Darsimizda faol ishtirok etgan o`quvchilar har xil nominatsiya bo`yicha taqdirlanadilar.

VI. Uyga vazifa berish. Qo`shimcha adabiyotlardan foydalangan holda o`tilgan mavzularni hamda yangi mavzuni o`qib o`rganish. Darslikdagi 103-104- topshiriqni shartiga ko`ra bajarish.