“Oktabr – ona tili va adabiyoti fan oyligi”

Maktab-internatimizda ona tili va adabiyot fani oyligi yuqori saviyada tashkil etildi. Maktab-internatning ona tili va adabiyoti fani o’qituvchilari va o’quvchilar turli tanlov va musobaqalarda faol ishtirok etdilar. Jumladan, 10-“A”sinf o’quvchisi Akmalxonova Sarvinoz “O’zbek tilim – iftixorim” mavzusidagi insholar tanlovining viloyat bosqichida 1-o’rinni egallab, respublika miqyosida faxrli 2-o’ringa munosib deb topildi. Mingbuloq tuman hokimligi va XTB tomonidan tashkil etilgan “Ona tilim–faxrim” nomli insholar tanlovida 9-“D” sinf o’quvchisi Jo’rayeva Mukambar 1-o’rinni egalladi. Umumta’lim maktablar o’qituvchilari o’rtasida tashkillangan  “Eng yaxshi videodars” tanlovida G.Isoqova, Sh. Oshiqova va Y. Nurmatovalar o’z videodarslari bilan qatnashdilar. Y. Nurmatovaning tanlov uchun tayyorlagan videodarsi saralanganlar qatoriga kiritildi.