Karantin davrini mazmunli o’tkazaylik

Barchaga ma’lum butun dunyo koronavirus bilan kurash olib borayotgan davrda bizni yurtimiz ham bu virusdan xoli bo’lolmadi. Kasallik bizni yurtimizni xam chetlab o’tmadi. Mamlakatimizda qat’iy karantin tadbirlari e’lon qilinib talim soxasi ham vaqtincha to’xtatilgan. Lekin prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev va Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov tashabbusi bilan onlayn darslar tashkil etilgan va malakali ustozlar o’quvchilarga karantin davrida ham beminnat bilim berib kelishmoqda. Shu qatorda bizning 13- sonli DIMI da ham ta’lim jarayoni to’xtab qolgani yo’q. Direktorimiz rahbarligida barcha ustozlar karantin davrida ham tinim bilmay o’quvchilarga o’quv jadvallari asosida masofaviy ta’limni davom ettirishmoqda. Men rahbarlik qilayotgan sinfda 26 nafar o’quvchi bo’lib ularning barchasi ijtimoiy tarmoqlar orqali darslarda har kuni aktiv ishtirok etishmoqda. Buni sinfimiz reytingidan ham bilish mumkin.

Onlayn darslardan tashqari o’quvchilar Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yoshlar bo’sh vaqtini unumli tashkil etishga qaratilgan 5 ta muxum tashabbus tarkibiga kiruvchi sport, kitobxonlik, adabiyot, musiqa va teatr sohalari bo’yicha e’lon qilingan onlayn tadbirlarda ham faol ishtirok etishmoqda. Xususan Foziljonova Dilbar va Sidiqjonova Noila  “Eng yaxshi kitobxon” tanlovida ishtirok etishmoqda. Ular jo’natgan videorolik Yangiliklar kanalida ancha iliq kutib olindi va har ikkalasi Sertifikatlar bilan taqdirlanishdi. Qodirjonov Dilshod esa “Eng yaxshi sportchi» tanlovida ishtirok etmoqda. Men o’zim ham o’qituvchilar uchun e’lon qilingan “Kitob ma’naviyat kaliti» tanlovida ishtirok etmoqdaman. Bundan tashqari o’quvchilar onlayn kutubxonalar, turli xil fanlarga oid saytlarga ham a’zo, va ulardan faol foydalanishmoqda.