Ehtirom sizlarga, buyuk siymolar!

Maktab-internatimizda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan “Ehtirom sizlarga,  buyuk siymolar!” shiori ostida adabiy kecha o’tkazildi. Tadbirda Namangan viloyati Mingbuloq tumani Milliy Gvardiya padpolkovnigi, Ichki Ishlar xodimlari, Mingbuloq tuman hokimi o’rinbosari ishtirok etdilar. Tadbirimiz mehmonlarga va barcha o’quvchilarga birdek manzur bo’ldi. Faol ishtirok etgan o’qituvchi va o’quvchilarimiz mehmonlarimizning sovg’alari bilan taqdirlandilar.