«Cubersport» turniri

Mingbuloq tumanidagi 13-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Namangan viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “Cybersport” turnirining birinchi bosqichi bo‘yicha maktabdagi barcha sinflar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi. Musobaqada 7-10 sinf o‘quvchilari jamoa bo‘lib ishtirok etishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra maktab-internatining 7-A va 8-A sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan jamoalar g‘olib deb topildi.

Musobaqaning keyingi bosqichida qatnashish uchun maktab-internatining 7-8 sinf o‘quvchilaridan terma jamoa shakllantirildi.