Inson huquqlari kafolatlari

 9-sinf . Konstitutsiyaviy huquq asoslari

Mavzu: Inson huquqi va erkinligi kafolatlari

Dars maqsadi:

 a)Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Konstitutsiyamizda yaratilgan inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy kafolatlari haqida, inson huquqlarini himoya qilish mexanizmi haqida  bilim, malaka va ko’nikmalar berish. Oquvchilarda  huquqiy ongga ega bo’lish kompetensiyasi hamda huquqiy madaniyatli bo’lish kompetensiyasini shakllantirish.  (FK1, FK 2).   

b)Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni vatanga muhabbat va sadoqat  ruhida tarbiyalash, ularni  O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qilishga o’rgatish, insoniy fazilatlarni qaror toptirish, mehnatsevarlik va rostgo’ylikka o’rgatish, kommunikativ, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy , matematik savodxonlik tayanch kompetensiyasini shakllantirish (TK1, TK4, TK5, TK6)

c) Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish, ularning dunyoqarashi va tafakkurini o’stirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatish, axborot bilan ishlash, o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiyasiyalarini shakllantirish, o’quvchilar bilimini baholashning xalqaro talablariga mosligini shakllantirish va PISA testlari bilan ishlash ko’nikmasini rivojlantirish. (TK2, TK3) 

Dars shiori: Ertangi kun bizniki marra bizniki!

Dars turi: Yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarini  rivojlantiruvchi, umumlashtiruvchi

Dars shakli: aralash, integrallashgan dars

Darsda foydalaniladigan metodlar: Viloyatimizhududini barqaror rivojlantirishga qaratilgan “Obodlik ko’ngildan boshlanadi” usuli, “Raqamlar siri” usuli, “Faol investor” usuli,  “Konstitutsiyaviy savodxonlik” mashqi, “Tushunchalar tahlili”, “Krassvord” kabi interfaol usullar    

Darsda foydalaniladigan jihozlar: Darslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, kompyuter, videoproektor, tarqatmali va ko’rgazmali vositalar, krassvordlar, rag’bat kortochkalari, videorolik va ragbatlantirish uchun oltin, kumish va bronza medallari..

Fanlararo bog’lanish: Adabiyot,  ingliz tili, matematika, tarix, milliy istiqlol g’oyasi;

Darsning taqsimlanishi :

  t/r Dars bosqichlari Vaqti
1 Tashkiliy qism 5 daqiqa
2. O’tgan mavzuni mustahkamlash “Konstitutsyaviy savodxonlik mashqi” , “Obodlik ko’ngildan boshlanadi”           10 daqiqa
3 Yangi mavzu ustida ishlash “Tushunchalar tahlili”  15 daqiqa
4 Yangi mavzuni mustahkamlash “Raqamlar siri” usuli, “Krassvord”, “PISA testlari ”    10 daqiqa
5 Baholash va rag’batlantirish 3 daqiqa
6 Uyga vazifa berish 2 daqiqa

I. Tashkiliy qism:

Salomlashish;

– davomatni, o’quvchilarning darsga tayyorgarligi va sinf tozaligini nazorat qilish  

Dars avvalida darsning oltin qoidalari o’qituvchi tomonidan eslatiladi va slaydda namoyish etiladi.

         Shuningdek o’qituvchi tomonidan o’zini-o’zi baholash tizimi e’lon qilinadi. Mashg’ulot bahor faslida o’tkazilishini hisobga olgan holda bahorgi gullar tasviri tushirilgan va milliyligimiz ramzi bo’lgan atlas, adras, do’ppilar tasviri tushirilgan hamda orqa tomoniga buyuk allomalarimiz ibratli so’zlari yozilgan rag’batlardan har bir partaga o’ntadan qo’yiladi. O’quvchilar har bir ishtiroki va to’g’ri javobi uchun dars davomida o’zlariga jamg’arib boradilar. Ushbu usul orqali ularda o’z kuchiga ishonish, o’zini xolis baholash ko’nikmasi hosil qilinadi.

Baholashda “2019-yil faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” munosabati bilan “Yurtim rivojiga o’z hissamni qo’shaman” shiori ostida  kim faol ishtirok etib ko’p rag’bat ballariga ega bo’lsa,  o`sha o’quvchiga “Faol investor” ko’krak nishoni  berilishi haqida ogohlantirilib o’quvchilani faol ishtirok etishga undaladi.  (O’quvchilar natijalari va yutuqlarini baholash, rag’batlantirish hamda ularda mustaqil ta’lim olishga bo’lgan motivasiyani rivojlantiruvchi omillar inobatga olinadi).

   Tashkiliy qism siyosiy daqiqa bilan davom ettiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbus haqida  suhbatlashiladi. Hukumatimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash borasidagi yaratilayotgan shart-saroitlar va imkoniyatlar, ularga labbay deb javob berish kerakligi va shukronalik hissi singdiriladi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi shakllantiriladi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash orqali ularda kommunikativ kompetensiya shakllantiriladi. Shuningdek fan oyligi  haqida hamda  2019 yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” da respublikada, viloyatda va hududda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida tushunchalari aniqlanadi.

– Internet tarmoqlaridan to’g’ri foydalanish va axborot bilan ishlash kompetensiyasini rivojlantirib boriladi. Slayd orqali internet tarmogidagi o’quvchilar foydalanishi mumkin bo’lgan saytlar va qanday maqsadda foydalanishi mumkinligi haqida tushunchalar beriladi.

II.Otilgan mavzuni takrorlash bosqichi uy vazifalari nazorati bilan boshlanadi.  

Mavzuni so’rash asnosida “Konstitutsiyaviy savodxonlik” mashqi usulini qo’llash mumkin. Ushbu usul orqali o’qituvchi O’zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning “Kelajakka baxt eshiging och , qomusim!” nomli sheriy topishmoqlarini  o’qiydi  va ushbu misralarda qaysi modda ifodalanganligi o’quvchilar tomonidan topiladi hamda mazmuni yoritiladi (adabiyot fani bilan bog’lanadi).   Bu usul orqali o’quvchilarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalarini qanchalik o’zlashtirganligi aniqlanadi. Fanga oid huquqiy savodxonlik, huquqiy ong va huquqiy  madaniyatli fuqarolar tarbiyalanadi. Faol ishtirok etgan o’quvchilar o’zlarini baholab boradilar.     

          Shuningdek, yana bir usul – “Obodlik ko’ngildan boshlanadi” usulini  qo’llash mumkin. Ushbu usulda Konstitutsiyamizning 50-moddasida : “Fuqarolar atrof-tabiiy muhitga extiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar”  deb ta’kidlangan huquqiy normani  amalga qo’llash ko’nikmalari  shakllantirib boriladi (o’quvchilarda ekologik madaniyat va sog’lom turmush tarziga amal qilish ko’nikmalari rivojlantirib boriladi).

Ushbu usul orqali o’quvchilarga o’tilgan mavzuga oid tarqatmali va tezkor savollar beriladi har bir rag’bat olgan o’quvchi daraxtga mevalar va barglar yopishtirib, atrof-muhitni obodonlashtirishga o’z hissasini qo’shib boradi.

  O’tilgan mavzu va  yangi mavzu o’rtasidagi bog’liklik o’qituvchi tomonidan aytib o’tiladi. 

       III.Yangi mavzuni tushuntirish bosqichida iqtidorli o’quvchilar bilan ishlash mumkin. Ulardan yangi mavzuga qay darajada tayyorgarlik ko’rganliklari so’raladi. Bunda iqtidorli o’quvchilarga tabaqalashtirilgan turli topshiriqlar berish maqsadga muvofiq.

Song yangi mavzu o’qituvchi tomonidan videodars orqali atroflicha tushuntiriladi.

 Yangi mavzuni tushuntirish jarayonida   “Tushunchalar tahlili” usulidan foydalaniladi. Ushbu usul orqali yangi mavzuga oid tushunchalar vatman qog’oziga yozib qoyiladi o’quvchilar esa ushbu tushunchalarni nimani anglatishini tahlil qiladilar.  Shu bilan birga huquqiy atamalar ustida ishlanadi. O’quvchilar o’tilgan mavzuga oid huquqiy atamalarni aytib tushunchasini tahlil qiladilar. Ushbu usul zamonaviy metodlardan biri bo’lib o’quvchilarda  bitta huquqiy tushunchani har tomonlama tahlil qila olish imkonini yaratadi. O’quvchilar juftlikda ishlab, ushbu topshiriqni bajarish jarayonida tanqidiy, mantiqiy , ijodiy fikrlash va ko’nikmalarni amliyotda qo’llay olishga o’rgatish. 

Tushunchalar Tahlili
1    

Yangi mavzuga oid muhim ma’lumotlar o’quvchilar daftariga yozdirib boriladi.

 VI. Yangi mavzuni mustahkamlash.

  O’tilgan mavzuni mustahkamlashda o’quvchilar uch guruhga bo’linadilar va guruhlarini nomlaydilar va quyidagi usullar orqali olgan bilimlari mustahkamlab boriladi.

 -“Raqamlar siri” usuli. Ushbu usulda fanlararo bog’lanishni qo’llash maqsadida quyidagicha savol-javob otkaziladi.

.Oqituvchi: Xorazm diyorida tug’ilib,  matematika fanini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk qomusiy olim kim?

O’quvchilar: – Al-Xorazmiy deb javob beradilar. 

O’qituvchi: Al-Xorazmiy matematika fanini rivojlanishiga qanday hissa qo’shgan?

Oquvchilar:  algebra fanining asoschisi, qadimgi hindlar tomonidan kashf qilingan 0 dan 9 gacha bo’lgan raqamlar ustida to’rt amalni (qo’shish, ayirish, bo’lish va ko’paytirish) bajara olish mumkinligini fanga kiritgan deb javob beradilar

O’qituvchi barakalla deb o’quvchilarni rag’batlantiradi va har bir o’quvchi o’z yurti tarixini  bilish va bobolariga munosib avlod bulishi zarurligini ta’kidlab,  navbatdagi usulda  0 dan 9 gacha bolgan raqamlardan foydalanib, ular ustida to’rt amalni bajarish orqali o’tilgan mavzularga oid tarixiy sanalarni topish mashqi o’tkaziladi. Tarix va matematika fanlari bilan bog’lanadi. Matematik savodxonlik kompetensiyasi shakllantiriladi. Ushbu usulda sinfdagi barcha o’quvchilar to’liq ishtirok etadi, o’quvchilarni individual qobiliyatlari aniqlanadi.   

  • “Krassvord” usuli.  O’tilgan mavzuga oid atamalar va ma’lumotlar qatnashgan krassvordlar beriladi. Krassvordda har bir guruhga alohida savollar tuziladi va kalit so’zlar “huquqiy ong”, “huquqiy madaniyat” va “komil inson” so’zlari krassvord yechish natijasida hosil bo’ladi  va oqituvchi o’quvchilardan nima uchun aynan shu so’zlardan kalit so’z sifatida foydalanganligini so’raydi. Ular o’z fikrlarini bayon etadilar   O’qituvchi ularni tinglab keyin o’z fikrini bildirib umumlashtiradi. Ya’ni huquqiy ongli va huquqiy madaniyatli insonlar komil insonlar ekanligi ular O’zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini qurishda asosiy o’rin titishlari haqida ma’lumot berib,  barcha o’quvchilarni Komil inson bo’lishga chaqiradi.    

– O’tilgan mavzuga oid PISA testlari berish. Xalqaro baholash usuli bo’lgan pisa orqali o’quvchilarning intellektini  rivojlanishiga hissa qo’shadigan testlar beriladi

Guruhlar  ballari aniqlanibg’olib guruh aniqlanadi. Dars jarayonida faol ishtirok etmagan o’quvchilarga tarqatmali savollar beriladi.   

V.  O’quvchilar fikrlari tinglanib darsga xulosa yasaladi va barcha o’quvchilar  baholanadilar. Baholar sinf jurnali va o’quvchilar kundaligiga qo’yiladi. Eng ko’p rag’bat ballari to’plagan va yurtimizga eng ko’p investitsiya kiritgan “faol investor” o’quvchiga “Darsning eng faol investori”  diplomi va  oltin medal, yaxshi ishtirok etgan 2 nafar o’quvchiga kumush medal hamda 3 nafar o’rtacha ishtirok etgan o’quvchilarga bronza medallar topshiriladi.

VI.Uyga vazifa berish.

     75-betdagi O’zingizni sinang! Rukni orqali berilgan topshiriqlarni bajarib kelish.

– Yangi mavzuga tayyorlanib kelish.   

– bugungi darsda kiritilgan investitsiyani qanday sohalarga sarflashga o’z biznes     rejasini tuzib kelish.