O’zbek tili fanidan «Til bilgan-el biladi» (juft va takroriy so’zlar) mavzusida bir soatlik dars ishlanmasi.
Dars mavzusi: Til bilgan- ei biladi (Juft va takroriy so’zlar)
Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga til bilish, juft va takroriy so’zlar haqida ma’lumot berish, nutqiy va lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish;
Tarbiyaviy maqsad: Vatanga hurmat va muhabbat tuyg’ularini oshirish, onaga, insonlarga bo’lgan munosabatini yuksaltirish, do’stlikning qadr-qimmatini oshirish, ijtimoiy faol fuqarolik, kommunikativlik, milliy va umummadaniy kompetensiya elementlarini shakllantirish;
Rivojlantiruvchi maqsad: og’zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish, mantiqiy fikrlash, o’zini o’zi rivojlantirish kompetensiya elementlarini shakllantirish;
Dars jihozi: darslik, video proyektor, tarqatmalar, suratli rasmlar,aylanma daftarlar
Dars usuli: «Tezkor lug’at», «Havo shari», «Juftini top»
Fanlararo bog’lanish: adabiyot, milliy istiqlol g’oyasi, biologiya
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism: salomlashish,davomatni aniqlash,she’riy yoki siyosiy daqiqa tashkil etish.
2.O’tilgan mavzu: uyga vazifa va o’tilganlar yuzasidan savol-javob
3.Yangi mavzu bayoni:
Juft so’zlar ikki so’zning qo’shilishidan tashkil topib, chiziqcha bilan yoziladi.